Soliq qoʻmitasi soxta soliq xatlaridan ogohlantirdi

14:18 07 Aprel 2026 Jamiyat
161 0

Foto: Soliq qoʻmitasi

Soliq qoʻmitasi ayni kunlarda firibgarlar tomonidan soliq organlari nomidan yuborilayotgan soxta elektron xatlar nafaqat yirik soliq toʻlovchilarga, balki boshqa tadbirkorlarga ham yuborilayotgani aniqlanayotganidan ogohlantirdi.

Qoʻmitaning rasmiy ravishda maʼlum qilishicha, bunday xatlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va feyk hisoblanadi. Taʼkidlanishicha, ushbu xatlar soliq organlarida roʻyxatdan oʻtmagan va ichidagi havolalar orqali qurilmangizga virus yoki zararli dastur yuklanishi mumkin.

Qoʻshimcha qilinishicha, soliq organlaridan yuboriladigan barcha rasmiy xatlar faqat soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yetkaziladi.

“Agar sizga shubhali xat kelsa, ichidagi havolalarga kirmang va fayllarni yuklab olmang. Zarur boʻlsa, maʼlumotni rasmiy manbalar orqali tekshiring”, deyiladi xabarda.

Soliq qoʻmitasi, shuningdek, barchani hushyor boʻlishga chaqirib, nomaʼlum xatlarga ishonmaslik, shubhali havolalarni ochmaslik va shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilishni tavsiya qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?