Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman oʻz faoliyatini boshladi
Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman oʻz faoliyatini boshladi. Bu haqida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, kecha, 6-aprel kuni Vashington shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman oʻz faoliyatini boshlagan.

Mazkur kengash qoʻshma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan boʻlib, uchrashuv yakunida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

“Kengashning tashkil etilishiga ikki davlat Prezidentlari oʻrtasida qaror topgan yuksak darajadagi ishonch zamin yaratdi. Kengash hamraisi, elchi Serjio Gor taʼkidlaganidek, soʻnggi bir yil davomida AQSH Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qatʼiy intilishlarini amalda tasdiqladi”, — deyiladi Prezident Administratsiyasi rahbari xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring