Denovdagi “zapravka”da yuz bergan yongʻinda ikki nafar fuqaro jarohatlandi
Avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “zapravka”da gaz toʻldirayotgan “Kamaz”da yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Yongʻin suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida “Kamaz” rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sigʻimga gazini quyish vaqtida chaqnash sodir boʻlgani sabab kelib chiqqan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, shundan bir nafari 10 foiz, yana bir nafari 3-4 foiz yengil kuyish tan-jarohati olgan. Hozirda ularning sogʻligiga xavf yoʻq, ahvoli yaxshi. Halok boʻlganlar aniqlanmagan.
Maʼlumot uchun, voqea joyiga viloyat FVB rahbar xodimlari, Denov tumani IIB, SSB, “Hududgaztaʼminot” rahbar va xodimlari chiqishgan hamda hozirda hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring