Toifa testlarini bajarish uchun qancha vaqt ajratiladi?
Avvalroq pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichlari uchun mutaxassislik fani, kasbiy standartlar hamda pedagogik mahoratni baholash boʻyicha tavsiyalar (spetsifikatsiyalar) va adabiyotlar roʻyxati tasdiqlangan edi.
Avvalroq, pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichlari uchun mutaxassislik fani, kasbiy standartlar hamda pedagogik mahoratni baholash boʻyicha tavsiyalar (spetsifikatsiyalar) va adabiyotlar roʻyxati tasdiqlangan edi.
Spetsifikatsiyalarga koʻra, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun:
- 1-bosqichda: mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha 40 ta (35 ta fandan + 5 ta kasbiy standartdan) test topshirigʻi;
- 2-bosqichda: pedagogik mahoratni aniqlash boʻyicha 10 ta test topshirigʻi beriladi (jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati oʻqituvchilari bundan mustasno).
Har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, jami 100 ball toʻplash imkoniyati beriladi.
Test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt meʼyorlari:
- Boshlangʻich taʼlim (barcha tillar uchun) — 120 daqiqa;
- Biologiya, Kimyo, Fizika, Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari — 120 daqiqa;
- Ona tili va adabiyot, Davlat tili, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq, Qozoq, Qirgʻiz, Tojik, Turkman tillari va adabiyoti — 105 daqiqa;
- Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Koreys tili, Yapon tili, Xitoy tili, Hind tili — 105 daqiqa;
- Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari — 90 daqiqa;
- Tasviriy sanʼat va chizmachilik, Texnologiya, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik — 90 daqiqa;
- Psixolog, Defektolog-pedagog, Logoped-pedagog — 90 daqiqa;
- Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati (1-bosqich, 40 ta test) — 90 daqiqa;
- MTT xodimlari (Direktor oʻrinbosari, psixolog, musiqa rahbari, tarbiyachi, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, logoped) — 90 daqiqa;
- Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlari pedagoglari (2 bosqich pedagogik mahorat boʻyicha 10 ta savol) — 20 daqiqa.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring