Toshkent viloyatida 25 kgdan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qoʻyildi
Videodan kadr
Toshkent viloyatida 25 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 2003-yilda tugʻilgan va 1998-yilda tugʻilgan ikki nafar fuqaro davlat chegarasini noqonuniy kesib, qoʻshni respublikadan Oʻzbekiston hududiga oʻtgan vaqtlarida qoʻlga olingan.
Qonunbuzarlarga tegishli 2 ta sport sumkasi koʻzdan kechirilganida, ularning ichida 4 kilogramm 884 gramm “opiy” va 19 kilogramm 863 gramm “gashish” moddalari, shuningdek, 380 quti “Esse Change” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan narkokuryerlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring