Samarqandda 1,6 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Videodan kadr
Samarqand shahrida 1,6 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, viloyat hududida Bosh prokuratura, gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va “Oʻzenergoinspeksiya” hamkorligida olib borilgan tadbirlarda qator noqonuniy holatlar fosh etilgan.
Xususan, Samarqand shahar Spitamen shoh koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilganda loyiha-texnik hujjatlarsiz, taʼminoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan tabiiy gazdan foydalanilayotgani aniqlangan. Holat yuzasidan 725 million 587 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Boshqa bir xuddi shunday holat shaharning “Nurli kelajak” MFYdagi koʻp qavatli uyda ham kuzatilgan. Mazkur qoidabuzarlik natijasida esa 702 mln 138 ming soʻm zarar keltirilgan.
Shuningdek, shaharning Narpay koʻchasidagi koʻp qavatli uyda ham yuqorida qayd etilgani kabi noqonuniy holat aniqlanib, qoidabuzarga nisbatan 184 mln 953 ming soʻm jarima belgilangan.
Bildirilishicha, hozirda barcha holatlar boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtirilib, hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring