Surxondaryoda chegarani buzib, 10 kgdan ortiq qoradori olib oʻtayotganlar ushlandi
Videodan kadr
Surxondaryo viloyatida davlat chegarasini buzib, 10 kilogrammdan ortiq qoradorini olib oʻtayotgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Afgʻonistondan olib oʻtilgan narkotik moddalar kontrabandasi fosh etilgan.
Xususan, 1978, 1981 va 2004-yillarda tugʻilgan 3 nafar shaxs davlat chegarasini buzgan holda, avtomobil gʻildiragi kamerasi yordamida Amudaryodan suzib oʻtgan vaqtlarida qoʻlga olingan.
Tekshiruv jarayonida ularning yonida boʻlgan xaltalar ichida 2 kilogramm 708 gramm “opiy” va 8 kilogramm 257 gramm “gashish” moddalari borligi maʼlum boʻlgan.
Aniqlanishicha, narkosavdogarlar giyohvandlik vositalarini kerakli manzilga yetkazib berishlari evaziga ushbu kuryerlarga har bir kilogramm yuk uchun 200 dollardan pul vaʼda qilgan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 223 va 246-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring