Namanganda tadbirkordan 1,5 ming dollar talab qilgan bosh arxitektor ushlandi

14:36 06 Aprel 2026 Jamiyat
164 0

Namangan tumanida tadbirkordan 1,5 ming dollar talab qilgan bosh arxitektor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Namangan tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Namangan tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bosh arxitektori qoʻlga olingan.

Aniqlanishicha, u tumanda faoliyat yurituvchi oilaviy korxona rahbaridan yashash uyining bir qismida yangi tashkil etayotgan avtomobillarni yuvish shoxobchasining loyiha hujjatlarini tayyorlab, qurilish ishlariga qoʻyilgan taqiqni bekor qildirib berishi evaziga 1,5 ming dollar talab qilgan. Shundan soʻng pulning 500 dollarini qoʻlga kiritib, oʻz xizmat xonasida qolgan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?