Eron razvedka boshligʻi halok boʻlgani maʼlum qilindi

14:18 06 Aprel 2026 Dunyo
203 0

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Razvedka tashkiloti rahbari general Sayid Majid Xodimiy halok boʻlgani maʼlum qilindi. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar tarqatdi.

Bayonotda qayd etilishicha, general Xodimiy bugun tongda AQSH va Isroil bilan bogʻliq deb taʼriflangan terroristik hujum oqibatida halok boʻlgan.

Rasmiy axborotda aytilishicha, Majid Xodimiy qariyb 50-yil davomida Eron inqilobi, davlat tizimi va milliy xavfsizlikni himoya qilish sohasida, ayniqsa razvedka va xavfsizlik yoʻnalishlarida faoliyat yuritgan. Uning faoliyati Eron razvedka tizimi uchun muhim tajriba maktabi sifatida baholangan.

Shuningdek, bayonotda uning oila aʼzolari, hamkasblari va IIQK safidagi quroldoshlariga taʼziya bildirilgan. Generalni dafn etish va kuzatish marosimlari haqida qoʻshimcha maʼlumot keyinroq eʼlon qilinishi aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?