Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi
Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Kingstondan Nyu-Yorkka parvoz vaqtida homilador ayolni toʻsatdan toʻlgʻoq tuta boshlagan. Chaqaloq samolyot qoʻnishidan oldin dunyoga kelgan.
Voqea 4-aprel kuni, “Caribbean Airlines” aviakompaniyasining 005-reysida sodir boʻlgan.
Bort kapitani samolyotdagi homilador ayolda toʻlgʻoq kuzatilayotgani sababli uchuvchilardan favqulodda qoʻnishni amalga oshirishni soʻragan. Biroq chaqaloq parvoz vaqtidayoq tugʻilgan. Samolyot qoʻngach, ona va bolaga yordam koʻrsatish uchun tegishli xizmatlarga xabar berilgan.
Samolyot qoʻnishni amalga oshirgach, parvoz boshqaruvchilaridan biri uchuvchiga aloqaga chiqib “chaqaloq tugʻildimi?” deb soʻragan. Uchuvchi esa “ha, janob!” deya javob bergan. Shundan soʻng, parvoz boshqaruvchisi “chaqaloqqa Kennedi deb ism qoʻyishsin” deb hazillashgan.
Ona va bolaga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatilgach, ular Kvinsdagi kasalxonaga olib ketilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring