Ertadan bahorgi attestatsiya sinovlari boshlanadi (+videoqoʻllanma)
Ertaga, 7-aprel kuni bahorgi attestatsiya sinovlari boshlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, malaka sinovlari belgilangan, manzillarda real vaqt rejimida barcha oʻquv fanlari boʻyicha test shaklida oʻtkaziladi.
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta, xususan, 35 ta mutaxassislik fandan +5 ta pedagogning kasbiy standartlaridan test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball jamgʻariladi.
Shuningdek, ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni, xususan, “case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim kabi uslublarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun, har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi. Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya fanlariga 120 daqiqa, qolgan fan yoki (lavozim)larga 90 daqiqa vaqt ajratish rejalashtirilgan.
Test jarayonlarida ishtirok etishdan oldin quyidagi video-rolikni koʻrib chiqishni tavsiya qilamiz:
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring