Mart oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,2 foizga qimmatlashdi
2026-yilning mart oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,6 foizga oshgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, yillik isteʼmol narxlari indeksi 107,1 foizni tashkil etib, oʻtgan yilning shu oyiga (2025-yil mart — 110,3 foiz) nisbatan 3,2 foiz bandga pasaygan. Mart oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,2 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga hamda aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan pomidor (11,5 foiz), bulgʻor qalampiri (10,0 foiz), kartoshka (9,8 foiz), qovoq (9,4 foiz), olma (7,4 foiz), banan (6,0 foiz), limon (4,4 foiz), tovuq tuxumi (2,1 foiz), mol goʻshti (suyaksiz goʻshtdan tashqari) (1,8 foiz), baliq (1,7 foiz), shakar (1,7 foiz), qoʻy goʻshti (1,2 foiz), kungaboqar yogʻi (1,0 foiz), kafe, oshxonalar, kafeteriylar va gazakxonalardagi tayyor taomlar (0,8 foiz) va birinchi navli bugʻdoy uni (0,6 foiz) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy taʼsir koʻrsatgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyatsiyani pasaytiruvchi omil sifatida bodring (-20,7 foiz), karam (-4,7 foiz) va piyoz (-4,6 foiz) narxlarining pasayishi muhim hissa qoʻshgan. Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan tomir kengaytiruvchi preparatlar (0,9 foiz), ayollar uchun koʻylaklar (0,8 foiz) hamda sement (0,8 foiz) narxlari oʻsishi, shuningdek, propan (-3,2 foiz), AI-92 markali benzin (-0,9 foiz) narxi pasayishi ham kuzatilgan.
Shuningdek, xizmatlar narxi va tariflarida maishiy chiqindi uchun haq toʻlash (0,9 foiz) va boʻyash ishlari xizmatlari (0,9 foiz) narxlari oshishi hamda ichki va xalqaro yoʻlovchi havo transporti (-4,1 foiz) tariflari narxlari pasayishi asosiy omil boʻlib xizmat qilgan. Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalaridan 1,2 mlnga yaqin narxlar qayd etilgan. 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 98 turdagi xizmatlar narxlari boʻyicha kuzatuv oʻtkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring