Ochiq maydonlarda vaqtinchalik inshootlarni oʻrnatish tartibi belgilandi
Illyustrativ foto
Adliya vazirligi Ochiq maydonlarda oʻrnatiladigan monitor, sunʼiy archa va boshqa vaqtinchalik inshootlarni oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, vaqtinchalik inshootlar faqat malakali mutaxassislar tomonidan oʻrnatilib, inshootlar loyiha hujjatlari asosida quriladi. Vaqtinchalik inshootlar shamol, yomgʻir va zilzila kabi holatlarga bardosh beradigan boʻlishi kerak.
Endilikda vaqtinchalik inshootlardagi yoʻlaklarning uzunligi 30 m ortiq boʻlsa, ushbu yoʻlaklarning kengligi 1,6 m boʻlishi kerak, agar yoʻlaklarning uzunligi 30 m kam boʻlsa, unda ushbu yoʻlaklarning kengligi 1.2 m boʻlishi lozim boʻladi.
Shuningdek, vaqtinchalik inshootlarda odamlar oʻtiradigan qatorlardan chiqish bir tomonlama boʻlganda, ulardagi oʻrindiqlar soni qatorlardan chiqish ikki tomonlama boʻlganda, ulardagi oʻrindiqlar soni 50 tadan oshmasligi kerak.
Bunday inshootlardagi odamlar oʻtiradigan orqa va old qatorlar orasidagi masofa 0.45 mdan ortmasligi va qatorlar oraligʻida yoʻlaklarning kengligi kamida 0.9 m boʻlishi kerak. Vaqtinchalik inshootlardagi metallar zanglashga qarshi, yogʻochlar esa olovga qarshi ishlov berilgan boʻlishi shart.
Vaqtinchalik inshootlarda “Ehtiyot boʻling, elektr xavfi!”, “Evakuatsiya yoʻli” kabi xavfsizlik belgilari oʻrnatilishi ham belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, vaqtinchalik inshootlarda evakuatsiya yoʻllari (chiqish yoʻllari) majburiy boʻladi hamda odamlar uchun xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi va ular favqulodda vaziyatlarda tez chiqib ketish imkoniyati taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring