Fargʻonada 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi boʻlgan fermer ushlandi

09:13 06 Aprel 2026 Jamiyat
172 0

Qoʻshtepalik fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi boʻldi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, ushbu hududda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjalik rahbari xaridorni mazkur xoʻjalikning 3,7 gektar yer maydonini goʻyoki 7 gektar ekanligiga ishontirib va uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 20 ming AQSH dollari hamda 100 mln soʻm talab qilgani maʼlum boʻlgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fermer xoʻjalik rahbari kelishilgan pul mablagʻidan 15 ming dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?