Toshkentda VIII xalqaro marafon boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)

19:52 05 Aprel 2026 Sport
426 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Bugun, 5-aprel kuni poytaxtimizda sakkizinchi bor anʼanaviy Toshkent xalqaro marafoni start oldi. Oʻzbekistondagi eng yirik ommaviy sport tadbirlaridan biri hisoblangan ushbu musobaqada bu yil dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 15 000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Musobaqaning ochilish marosimi “Humo Arena” majmuasi oldida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova, Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etib, yuguruvchilarga omad tiladi. Soʻzga chiqqanlar marafonning mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdagi ahamiyatini alohida qayd etdilar.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Eng nufuzli yoʻnalish — 42 km 195 metr masofaga oʻtkazilgan asosiy marafonda hamyurtimiz Shohruh Davlatov barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shohruh Davlatov (Oʻzbekiston) — oltin;

Andrey Petrov (Oʻzbekiston) — kumush;

Vladislav Pryamov (Belarus) — bronza.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Marafon dasturi faqat professionallar uchun emas, balki barcha yoshdagi sportsevarlar uchun moʻljallangan boʻlib, u quyidagi masofalarni oʻz ichiga olgan:

Toʻliq va yarim marafon (42 va 21 km);

Ommaviy yugurish (10 va 5 km);

Skandinavcha yurish va inklyuziv yugurish;

Kids Run — bolalar uchun maxsus masofalar.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Musobaqalar markaziy koʻchalar boʻylab davom etdi. Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, bu kabi tadbirlar aholi oʻrtasida jismoniy tayyorgarlikni oshirish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?