Umraga borgan 170 dan ortiq oʻzbekistonlik vatanga qaytolmayapti

18:54 05 Aprel 2026 Jamiyat
357 0

Foto: “Dunyo”

Saudiya Arabistoniga umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro Oʻzbekistonga qayta olmayotgani maʼlum qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.

Diplomatlar maʼlumotiga koʻra, ayni paytda mazkur mehmonxonalarda jami 170 nafardan ortiq oʻzbekistonlik ziyoratchi Vatanga qaytishni kutib turibdi. Ularning aytishicha, 14 kunlik umra safari doirasida turli guruhlar bilan Saudiya Arabistoniga kelgan boʻlsa-da, safarni tashkil etgan shaxslarning yolgʻon va notoʻgʻri maʼlumotlari sabab hozirgacha qaytib keta olmagan.

Ziyoratchilar suhbat chogʻida oʻzlarining ogʻir ahvolini bayon qilib, guruhning katta qismi keksa yoshdagi insonlardan iboratligini taʼkidlagan. Shuningdek, ular orasida infarktni boshidan kechirgan, qandli diabet, yuqori qon bosimi kabi surunkali kasalliklarga chalingan hamda doimiy dori-darmonga muhtoj fuqarolar ham borligi qayd etilgan. Ular Vatanga qaytish masalasida Oʻzbekiston hukumatidan amaliy yordam soʻragan.

Vakolatxona vakillari soʻnggi yillarda umra ziyoratini tashkil etish uchun rasmiy ruxsatnomasi boʻlmagan ayrim turistik firmalar va jismoniy shaxslar tomonidan tartibsiz safarlar uyushtirilayotganiga eʼtibor qaratgan. Qayd etilishicha, bunday holatlar natijasida oʻzbekistonliklar Madina va Jidda shaharlarida ham turli murakkab vaziyatlarga tushib qolmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?