Rossiyada 26 nafar oʻzbekistonlik ishchining 2 oylik ish haqi undirib berildi

17:39 05 Aprel 2026 Jamiyat
344 0

Foto: “Dunyo”

Rossiyada 26 nafar oʻzbekistonlik ishchining 2 oylik ish haqi undirib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari Tyumen viloyatining Tobolsk shahrida boʻlib, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonliklar bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Ularning murojaatlari asosida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida “SADKOM” MCHJ tomonidan 26 nafar hamyurtimizning fevral va mart oylari uchun ish haqi asossiz ravishda ushlab qolingani aniqlangan. Shundan soʻng mazkur holat yuzasidan obyektning bosh pudratchisi “SIBUR” MCHJ rahbariyati va bevosita ish beruvchilar ishtirokida muzokaralar oʻtkazilgan.

Muloqot yakunida ish beruvchilar ish haqi toʻlanmagan va mavjud qarzdorlik bartaraf etilgan. Muzokaralar natijasida 26 nafar oʻzbekistonlik ishchining jami 2 million rubl miqdoridagi maoshi hisoblanib, yaqin kunlarda ularning bank hisob raqamlariga oʻtkazib berilishi taʼminlangan.

Bundan tashqari, avvalroq mazkur tashkilotdan ish haqini ololmay ketgan yana 80 nafarga yaqin fuqaroning qarzdorliklari ham yaqin hafta ichida toʻlab berilishi boʻyicha qatʼiy kelishuvga erishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?