Jizzaxdagi ayanchli YTH oqibatida 5 kishi halok boʻldi
Foto: Kun.uz
Jizzax viloyati Forish tumanida “Nexia” va “Cobalt” rusumli avtomashinalar ishtirokida yuz bergan yoʻl-transpot hodisasi oqibatida 5 kishi halok boʻldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Nashr xabariga koʻra, voqea kecha, 4-aprel kuni soat 16:05 larda “Jizzax-Bogʻdon-Qizilcha” yoʻlida sodir boʻlgan. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashagan 27 yoshli U.B. “Nexia” mashinasini boshqarib borayotib, quvib oʻtish qoidasini buzgan. Oqibatda “Nexia” qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan, Forish tumanida yashagan 35 yoshli B.A. boshqaruvidagi “Cobalt” bilan toʻqnashgan.
YTH oqibatida har ikki mashina haydovchisi, shuningdek, “Nexia”da yoʻlovchi sifatida ketayotgan 54 yoshli Xitoy fuqarosi voqea joyida halok boʻlgan. Shuningdek, “Cobalt” mashinasida yoʻlovchi sifatida ketayotgan yana 2 kishi shifoxonada vafot etgan.
Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring