Qashqadaryoda tabiatga 248 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

13:27 05 Aprel 2026 Jamiyat
354 0

Videodan kadr

Qashqadaryo viloyatida tabiatga 248 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Qoʻmitaning Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) hamda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Reyd tungi soat taxminan 01:00 lar atrofida Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidan oqib oʻtuvchi Qashqadaryo daryosi hududida olib borilgan.

Reyd davomida, moratoriy joriy qilinganligiga qaramasdan, huquqbuzar tomonidan goʻyoki baliq koʻli tashkil etish bahonasida qum-shagʻal aralashmasi noqonuniy qazib olinib, sotib kelinayotganligi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, holat natijasida tabiatga 248 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan barcha zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?