Toshkent va Samarqandda yer savdosidagi firibgarlik holatlari fosh etildi
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida yer maydonlarini sotish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro A.Yu. goʻyoki Toshkent viloyati kadastr filialida ishlovchi tanishlari yordamida Zangiota tumani, “Boʻston” MFY hududda joylashgan davlat zaxirasida boʻlgan 24 sotix yer maydonini fuqaro Sh.A.ning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 20 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro D.K. qoʻlga olingan. Ushbu shaxs oʻziga tegishli tomorqa yer maydonining 8 sotixi va ushbu hududga tutash temir yoʻl liniyasi muhofaza hududiga qarashli 5 sotix yer maydonini fuqaro A.S.ga 39 ming dollarga sotishga kelishgan.
U mazkur yer maydoni hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan boʻnak sifatida 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring