Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

14:20 04 Aprel 2026 Hujjatlar
406 0

Joriy yilning 3-aprel kuni Prezidentning “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–123-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti hamda Boshlangʻich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi Farmon asosida FVV akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti hamda Malaka oshirish markazi etib qayta tashkil etiladi.

Akademiyaning yagona taʼlim kampusida quyidagilar tashkil etiladi:

• Akademiya huzuridagi Qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi;

• Xorijiy kadrlarni tayyorlash fakulteti.

Akademiyada 2 bosqichli oliy taʼlim tizimida yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni quyidagi shakllarda yoʻlga qoʻyish:

• harbiy taʼlim yoʻnalishlarida kunduzgi taʼlim shaklida davlat granti, umumfuqaroviy taʼlim yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllarida toʻlov-kontrakt asosida bakalavrlar tayyorlash;

• favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar uchun harbiy va umumfuqaroviy mutaxassisliklarida toʻlov-kontrakt, kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllarida magistrlar tayyorlash.

Akademiyada 2027/2028 oʻquv yilidan tajriba-sinov tariqasida “2+2” taʼlim shaklida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?