Javohir Sindorov Hikaru Nakamurani magʻlubiyatga uchratdi

22:32 03 Aprel 2026 Sport
385 0

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov FIDE reytingida ikkinchi oʻrinni egallab turgan Hikaru Nakamurani magʻlubiyatga uchratdi. Oʻzbekistonlik shaxmatchi FIDE Nomzodlar turnirining 5-turida qora donalarda harakat qilib, oʻzining musobaqadagi 4-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Mazkur gʻalaba Sindorovga 4,5 ochko keltirdi va u turnir jadvalidagi yaqqol peshqadamligini yanada mustahkamladi. Besh turdan soʻng 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamgʻargan Sindarov Nomzodlar turniri tarixida bunday natija qayd etgan ilk shaxmatchi boʻldi.

Shuningdek, Javohir bu natija orqali onlayn reyting jadvalida dunyoning top-5 shaxmatchisi qatoriga kirib oldi.

Maʼlumot uchun, Javohir Sindorov Jahon shaxmat toji uchun kurashish imkonini beruvchi ushbu nufuzli turnirda qatnashayotgan ilk oʻzbekistonlik shaxmatchi hisoblanadi. Hozirga qadar u rossiyalik Andrey Yesipenko, Rameshbabu Praggnanandha, Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura ustidan gʻalaba qozondi, shuningdek, Mattias Blyubaum bilan durang oʻynadi.

Oʻzbekistonlik shaxmatchi musobaqada magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?