Oʻzbekistonda yana zilzila qayd etildi
Illyustrativ foto
Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, zilzila bugun, 3-aprel kuni soat 21:12 da qayd etilgan. Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 526 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Uning magnitudasi 6 teng. Tebranish 207 kilometr chuqurlikda hosil boʻlgan.
Yer qimirlashining epitsentri Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida, koordinatalari esa 36,69 daraja shimoliy kenglik, 70,76 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan.
Oʻzbekiston hududida sezilishi:
• Surxondaryo viloyatida 3 ball, 314 kilometr;
• Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 420 kilometr;
• Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 457 kilometr;
• Jizzax viloyatida 2-3 ball, 457 kilometr;
• Samarqand viloyatida 2-3 ball, 468 kilometr;
• Andijon viloyatida 2-3 ball, 477 kilometr;
• Namangan viloyatida 2-3 ball, 485 kilometr;
• Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 499 kilometr;
• Toshkent viloyatida 2-3 ball, 520 kilometr;
• Toshkent shahrida 2-3 ball, 526 kilometr.
Eslatib oʻtamiz, bugun soat 15:26 da ham respublikamizning 6 ta hududida 2-3 balli zilzila qayd etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring