“Samarqand-2028” sunʼiy yoʻldoshi may oyida uchirilishi kutilmoqda
Illyustrativ foto
Xitoyning “StarVision” kompaniyasi tomondan ishlab chiqilgan “Samarqand-2028” sunʼiy yoʻldoshi joriy yilning may oyida uchirilishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzbekkosmos” agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etish joiz, 2025-yilning noyabr oyida “Oʻzbekkosmos” agentligi va “StarVision” kompaniyasi sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari va kosmik ilovalarni rivojlantirish boʻyicha strategik memorandum imzolagan edi. Oʻshanda tomonlar qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy va texnologik integratsiyani kuchaytirish, universitetlar va kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga kelishib olgandi.

Ahamiyatlisi, “StarVision” mazkur kelishuv doirasida oʻzining giperspektral sunʼiy yoʻldoshlaridan biriga “Samarqand-2028” nomini berishga rozi boʻlgan.
Joriy yilning 30-mart-1-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtgan “Space Technology Conference 2026” xalqaro anjumanida ushbu “Samarqand-2028” sunʼiy yoʻldoshi 2026-yilning may oyida fazoga uchirilishi kutilayotgani maʼlum qilindi.
“Mazkur loyiha oʻzaro hamkorlik doirasidagi eng muhim tashabbuslardan biridir”, deyiladi “Oʻzbekkosmos” xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring