PPX xodimiga musht tushirgan shaxsning podpolkovnik akasi ishdan olindi
Videodan kadr
Avvalroq Toshkent shahrida mast erkak avtomobil boshqarib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgani, kamiga PPX xodimiga musht tushirgani haqida xabar berilgan edi. Oʻsha kuni vaziyatga aralashgan, mazkur shaxsning IIBda ishlovchi akasi lavozimidan ozod etildi.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, bugun, 3-aprel kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Vazir oʻrinbosari polkovnik Diyorbek Sattarov rahbarligida IIV tizimida qonuniylik va xizmat intizomini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilish oʻtkazilgan. Yigʻilishda sohada toʻplanib qolgan kamchilik va muammolar tanqidiy-huquqiy jihatdan tahlil etilgan.

Jumladan, joriy yil 2-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hamda jamoatchilikning haqli eʼtiroziga sabab boʻlgan holat — Sirdaryo viloyati IIB rahbar xodimi va uning yaqin qarindoshi ishtirokidagi huquqbuzarlik keskin muhokama qilingan.
Ushbu holat xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish va mansab mavqeidan shaxsiy manfaatlar yoʻlida foydalanish ehtimolini koʻrsatuvchi salbiy holat sifatida huquqiy baholangan. Huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan podpolkovnik Sherzod Pardayev vazirlikning tegishli buyrugʻi bilan lavozimidan ozod etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring