Oʻzbekistonda binolar seysmik holatini baholovchi datchik yaratildi

17:25 03 Aprel 2026 Ilm-fan
365 0

Foto: OʻzR FA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi olimlari tomonidan yangi ilmiy loyiha ishlab chiqildi. Bu haqda akademiya axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu loyiha doirasida ikki komponentli seysmodatchik yaratilib, u bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholashda qoʻllaniladi.

Mazkur seysmodatchik zilzilalar vaqtida binolar va inshootlarda yuzaga keladigan tebranishlarni aniqlash va qayd etish, shuningdek, seysmorazvedka ishlarida, muhandislik stansiyalari tarkibidagi seysmologik tadqiqotlarda keng qoʻllanilishi mumkin.

Bundan tashqari, u sanoat portlashlari natijasida yuzaga keladigan seysmik toʻlqinlar intensivligini baholashda hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mashina va mexanizmlar tebranishlarining obyektlarga taʼsirini aniqlashda samarali vosita hisoblanadi.

Qayd etilishicha, mazkur ishlanma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ixtiro patenti olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?