IT sohasi boʻyicha Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalar soni ochiqlandi

16:15 03 Aprel 2026 Jamiyat
363 0

2026-yil 1-mart holatiga Oʻzbekistonda axborot va aloqa sohasida 1 242 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mavjud xorijiy korxonalar soni davlatlar kesimida taqsimlanganda eng katta ulush Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi. Ushbu mamlakatdan 457 ta korxona yurtimizda faoliyat olib bormoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston 113 korxona bilan ikkinchi, 63 ta koʻrsatkich bilan Belarus uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Shuningdek, yurtimizda AQSHdan 58 ta, Turkiyadan 51 ta, Xitoydan 40 ta, BAAdan 32 ta, Yaponiyadan 30 ta, Tojikistondan 29 ta, Janubiy Koreyadan 28 ta hamda boshqa davlatlardan 341 ta korxona axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?