AQSHda uch nafar yuqori lavozimli general ishdan boʻshatildi
Suratda Pentagon rahbari Pit Xegset va armiya shtabi boshligʻi Rendi Jorj
Pentagon rahbari Pit Xegset kecha, 2-aprel kuni armiya shtabi boshligʻi general Rendi Jorjning ishdan boʻshatilganini eʼlon qildi. Bu haqida “Kontext” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, AQSH armiyasining transformatsiya va oʻquv qoʻmondonligi boshligʻi general Devid Xodne va armiya ruhoniylari korpusi boshligʻi general mayor Uilyam Grin ham oʻz lavozimidan ozod etilgan.
“The Washington Post” nashri Yaqin Sharqdagi keskinlik, xususan, Eron bilan urush paytida generallarning toʻsatdan ishdan boʻshatilishini gʻayrioddiy deb atagan.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yil boshida prezident Donald Tramp maʼmuriyati koʻplab yuqori martabali harbiy zobitlarni ishdan boʻshatgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring