Hoʻrmuz boʻgʻozini ochish boʻyicha harbiy operatsiya oʻtkazmaymiz — Fransiya prezidenti
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Hoʻrmuz boʻgʻozini ochish boʻyicha harbiy operatsiya oʻtkazish mumkinligi toʻgʻrisidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Fransiya rahbari kecha, 2-aprel kuni Janubiy Koreyaga tashrifi chogʻida Hoʻrmuz boʻgʻozini ochish boʻyicha harbiy aralashuv takliflari Qoʻshma Shtatlar tomonidan ham bildirilganini, ammo Fransiya buni koʻrib chiqmayotganini bildirgan.
“Bu hech qachon bizning tanlovimiz boʻlmagan. Bunday harbiy operatsiya juda koʻp vaqt talab qiladi”, — degan Makron.
Shuningdek, u bunday operatsiya ballistik raketalarga ega boʻlgan Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining tahdidlariga duchor qilishi mumkinligini qoʻshimcha qilgan. Makron boʻgʻozni ochish faqat Eron bilan kelishuv orqali yuz berishi mumkinligini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring