Qashqadaryoda bozor rahbari 80 million soʻm bilan qoʻlga tushdi

09:57 03 Aprel 2026 Jamiyat
222 0

Qashqadaryoda mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan bozor rahbari qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Dehqonobod tumanida faoliyat yurituvchi bozorlardan birining rahbari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroga bozor hududida joylashgan, lekin tegishli hujjatlari boʻlmagan savdo doʻkonini sotishini, keyinchalik esa uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, “xizmati” evaziga 80 million soʻm talab qilgani maʼlum boʻlgan.

Shundan soʻng, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur mansabdor shaxs tadbirkordan 6 600 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?