“Taxtaqoracha” dovonida tunnel qurish boʻyicha muzokaralar boshlandi

17:52 02 Aprel 2026 Jamiyat
411 0

Foto: Kitob tumani hokimligi

“Taxtaqoracha” dovonida zamonaviy tunnel qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha amaliy ishlar boshlandi. Bu haqda Kitob tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 31-mart kuni Kitob tumani hokimligida tuman hokimi Rustam Gafurov hamda Yaponiyaning nufuzli xalqaro tashkiloti — JICA (Japan International Cooperation Agency) vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Muzokaralar davomida dovonda uzunligi 7 kilometr boʻlgan tunnel qurilishi yuzasidan xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha takliflari va taqdimotlari koʻrib chiqilgan.

Tomonlar loyiha doirasida zamonaviy muhandislik yechimlari, xavfsizlik talablariga mos infratuzilma yaratish hamda transport qatnovini yanada qulaylashtirish masalalarini atroflicha muhokama qilgan.

Uchrashuvda, shuningdek, ushbu yirik infratuzilma loyihasining amalga oshirilishi hududlararo transport aloqalarini sezilarli darajada yaxshilash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qilishi taʼkidlangan. Yakunda tomonlar loyiha yuzasidan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?