Italiya futbol boʻyicha Yevropa chempionatini oʻtkazish huquqidan mahrum qilinishi mumkin
UEFA Italiyani 2032-yilgi Yevropa futbol chempionatini oʻtkazish huquqidan mahrum qilish bilan tahdid qilmoqda.
Italiya 2032-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionatini oʻtkazish huquqidan mahrum boʻlishi mumkin. Bu haqda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksandr Cheferin “Gazzetta dello Sport” nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, agar Italiya rasmiylari sport inshootlarini modernizatsiya qilmasa va asosiy muammolarni hal qilmasa, shunday boʻlishi mumkin.
“Italiya siyosiy rahbarlari, ehtimol, oʻzlaridan nima uchun Italiya Yevropadagi eng yomon futbol infratuzilmalaridan biriga ega ekanligini soʻrashlari kerak. «Yevro-2032” rejalashtirilgan va oʻtkaziladi. Umid qilamanki, infratuzilma tayyor boʻladi. Aks holda, turnir Italiyada oʻtkazilmaydi», — deydi Cheferin.
Futbol boʻyicha Yevropa chempionati UEFA milliy jamoalari oʻrtasida har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan turnir hisoblanadi. “Yevro-2032” tarixda birinchi marta 32 jamoa ishtirok etadigan turnir boʻlishi kutilmoqda, agar UEFA uni 24 jamoa bilan oʻtkazishga qaror qilmasa.
2023-yil 10-oktyabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida boʻlib oʻtgan UEFA kongressida turnir ikki mamlakatda — Italiya va Turkiyada oʻtkazilishi eʼlon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring