Telefonlarni IMEI roʻyxatidan oʻtkazmasdan sotayotganlar ogohlantirildi
Illyustrativ foto
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi mobil qurilmalar IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish talablari buzilayotgani yuzasidan importchilar va sotuvchilarni ogohlantirdi.
Bildirilishicha, Qoʻmita tomonidan mobil qurilmalar IMEI kodlari tizimda roʻyxatdan oʻtmagani va xariddan soʻng qayta roʻyxatdan oʻtkazish zarurati yuzaga kelayotgani bilan bogʻliq murojaatlar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, jumladan tizim operatorlari jalb etilgan holda oʻrganish ishlari olib borilgan.
Mazkur masala boʻyicha isteʼmolchilar tomonidan Raqobat qoʻmitasi va qoʻmitaning hududiy boshqarmalariga 2025-yil davomida 147 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, mazkur murojaatlarning 55 tasi ijobiy hal qilingan, 89 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Qolgan 3 tasi tegishliligi boʻyicha vakolatli organlarga yuborilgan.
Qonunchilikka koʻra, isteʼmolchiga tovar haqida toʻliq va aniq maʼlumot berish, shuningdek, mahsulotning normal ishlashini taʼminlash majburiy hisoblanadi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 778-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, mobil qurilmalarni IMEI roʻyxatidan oʻtkazish majburiyati ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi yoki sotuvchi zimmasiga yuklatilgan.
Shuningdek, Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq, isteʼmolchi tovarni erkin tanlash va sifatini talab qilish huquqiga ega, sotuvchi esa qoʻshimcha xizmatlarni majburan yuklay olmaydi. IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati isteʼmolchiga emas, balki import qiluvchi yoki ishlab chiqaruvchiga yuklatiladi. Chakana savdoda esa roʻyxatdan oʻtkazilgan qurilmani taqdim etish masʼuliyati sotuvchi zimmasida boʻladi.
“Respublikamiz hududida mobil qurilmalarni ishlab chiqaruvchi yoki import qilib sotuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish talablariga rioya etilmagan va isteʼmolchilar huquqlari buzilgan taqdirda, belgilangan tartibda taʼsir choralari qoʻllaniladi”, deya eslatiladi Raqobat qoʻmitasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring