Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan oila Oʻzbekistonga olib kelindi

11:02 02 Aprel 2026 Jamiyat
244 0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida uch nafar voyaga yetmagan farzandi bilan murakkab vaziyatda qolgan oʻzbekistonlik ayol Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarosi R.Z. 2020-yilda ishlash uchun Sankt-Peterburgga kelgan. 2020–2025-yillar oraligʻida u uch bor farzandli boʻlgan. Biroq, murakkab hayotiy vaziyat tufayli bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari oʻz vaqtida rasmiylashtirilmagan.

Shu sababli, bolalarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan. Bu esa, oʻz navbatida, ularni vaqtincha davlat idoralari qarmogʻiga olish va voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan muassasaga yuborishga sabab boʻlgan.

Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi tomonidan olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida diplomatlar vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritib, R.Z. va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandining huquqlarini himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Mazkur ish Sankt-Peterburgning Vasileostrovskiy tuman sudida koʻrib chiqilgan. Sud jarayonida Bosh konsulxona xodimlari bolalarning shaxsini va qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etib, bolalarni oila muhitiga qaytarish zarurligi asoslab berildi.

Sudda ijobiy qaror qabul qilganidan soʻng, ona va uning farzandlari Oʻzbekistonga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?