Sud hukmini oʻzgartirib bermoqchi boʻlgan advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
Sud hukmini oʻzgartirib bermoqchi boʻlgan advokat ushlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unga koʻra, advokatlik byurosi advokati mahalliy fuqaroga nisbatan sud idoralari tomonidan tayinlangan 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻzining sud tizimidagi tanishlari orqali ozodlikni cheklash jazosiga oʻzgartirib berishni vaʼda qilgan.
Shundan soʻng, advokatlik byurosi advokati mazkur xizmati evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring