Lichiya Ronsulli: “Italiya futbol federatsiyasi rahbariyati zarracha ori boʻlsa, isteʼfoga chiqishi kerak”
Kecha, 31-mart kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining soʻnggi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Safarda Bosniya terma jamoasiga magʻlub boʻlgan Italiya termasi mundialdan quruq qoldi. Taʼkidlash kerakki, italiyaliklar undan oldingi 2 Jahon birinchiligida ham ishtirok eta olmagan edi.
Kechagi magʻlubiyatdan soʻng, Italiya oliy senati vitse-prezidenti Lichiya Ronsulli terma jamoa va federatsiyani jiddiy tanqid qildi.
“Italiya uchinchi bor mundialga bora olmayapti. Gattuzodek buyuk yetakchi boʻlishiga qaramay bu ish amalga oshdi. Biz mundialni 16 yil davomida faqat muxlis boʻlib kuzatmoqdamiz. Bu misli koʻrilmagan milliy sharmandalik! Butun futbol tizimini tubdan oʻzgartirish kerak. Italiya futbol federatsiyasi rahbariyati zarracha ori boʻlsa, isteʼfoga chiqishi lozim”, deb fikr bildirgan senat vitse-prezidenti.
Shuningdek, Lichiya federatsiya rahbari Gabriyele Gravinaga ham ochiq murojaat bilan yoʻlladi. “Gravina, bunday halokatdan soʻng sizga faqat bir yoʻl qoldi – zudlik bilan isteʼfo berish! Bas, yetar! Italiya futboli bundan yaxshirogʻiga loyiq”, deyilgan ushbu murojaatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring