Yanvar-fevral oyida qaysi avtomobil eng koʻp ishlab chiqarilgani ochiqlandi

16:29 01 Aprel 2026 Iqtisodiyot
406 0

Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar-fevral oylarida turli rusumdagi 64 221 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Ishlab chiqarilgan avtomobillar rusumi boʻyicha taqsimlanganda eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, uning soni 23 216 donani tashkil qilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 12 301 dona ishlab chiqarilgan “Damas” avtomobili ikkinchi, 6 210 dona chiqarilgan “Tracker” avtomobili esa uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-fevral oylarida “Onix” 5 215 dona, KIA 4 039 dona, BYD 3 165 dona, “Haval” 2 405 dona, “Chery” 1 290 dona hamda maxsus yengil avtomobillar 6 380 dona ishlab chiqarilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 ming donaga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?