Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi
Foto: DXX
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan 1,5 kilogramm giyohvandlik vositalari fosh qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qoʻshkoʻpir tumani markazidagi avtoturargohda turgan, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 25 yoshli shaxs xolislar ishtirokida tekshirilgan. Natijada uning yuk sumkasida boʻlgan temir payvandlash uskunasi (svarka apparati) ichiga xufiyona tarzda 1 kg 460 gr “geroin” va 27 gr “opiy” moddalari yashirilgani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, u muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlardan olgan ushbu ajal ogʻusini Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi mijozlarga sotib, moʻmay daromad topishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, ayni paytda mazkur jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring