Oʻzbekistonning Yangi Zelandiyadagi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov Yangi Zelandiyada oʻrindoshlik asosidagi elchi sifatida ushbu davlat General-gubernatori Dame Sindi Kiroga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Bugun, 1-aprel kuni Vellington shahridagi “Government House” qarorgohida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda Oʻzbekiston elchisi Yangi Zelandiyaning maori tub aholisiga xos qadimiy anʼanalar asosida tantanali ravishda kutib olingan.
Rasmiy marosim va undan keyingi suhbat chogʻida soʻnggi yillarda izchil rivojlanib borayotgan Oʻzbekiston – Yangi Zelandiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari atroflicha koʻrib chiqilgan.
Uchrashuv yakunida General-gubernator Dame Sindi Kiro ikki tomonlama munosabatlarni bundan buyon ham mustahkamlashdan manfaatdor ekanini taʼkidlab, Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga samimiy tilaklarini yoʻllagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring