Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi
Illyustrativ foto
2026-yil 30-mart kuni Prezidentning “Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF–48-son Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, Toshkent xalqaro moliya markazi hamda Markaz tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi.
Markaz hududida quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi:
• moliyaviy, investitsiya va bank faoliyati;
• sugʻurta, raqamli (kripto) aktivlar;
• qimmatli qogʻozlar;
• toʻlov tizimlari va xizmatlari;
• islomiy va yashil moliya;
• moliyaviy texnologiyalar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish va tranzaksiyalarni amalga oshirish;
• auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar koʻrsatish.
Markaz hududida konstitutsiyaviy qonun bilan oʻrnatiladigan maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.
Shuningdek, uning boshqaruv organlariga fuqarolik, korporativ, tijorat, moliya, bank, soliq, davlat xaridlari, mehnat huquqi hamda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish sohasini tartibga soluvchi Markaz hududida tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi beriladi.
Markaz hududida Angliya va Uels umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllaniladi. Toshkent xalqaro tijorat sudi birinchi instansiya va apellyatsiya sudidan iborat boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring