Toshkentda avtobus piyodalar oʻtish joyida ikki kishini turtib ketdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanida avtobus piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan ona-bolaga yoʻl bermasdan, ularni turtib yuborgani aks etgan video tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi mazkur avtobus haydovchisi ishdan olinganini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, holat 30-mart kuni soat 17:50 atrofida 12-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi “Saz Le 60” rusumli 104-sonli avtobus bilan “Yangi Sergeli” koʻchasida sodir boʻlgan. Ona va bola yoʻldan oʻtayotgan paytida avtobus toʻxtamay, tezlik bilan ularni turtib oʻtib ketgan. Oqibatda piyodaning qoʻlida boʻlgan telefoni va boshqa buyumlari qoʻlidan tushib ketgan.
“Ushbu qoʻpol qoidabuzarlik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, tarmoq foydalanuvchilarining haqli eʼtirozlariga sabab boʻldi”, deya qayd etdi kompaniya.
Sodir etilgan holat masʼullar ishtirokida tanqidiy muhokama qilingan. Kelgusida shu kabi koʻngilsiz hodisalarni oldini olish va bunday holatlarga chek qoʻyish maqsadida 59 yoshli haydovchi S.A. (mehnat faoliyati 15-yil) bilan korxona oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, mazkur holat YHXB tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring