Jizzaxda fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi
Jizzaxda fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tumani boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Sh.R. fuqaro E.M.ning ishonchiga kirib, uning oʻgʻlini Koreya davlatiga ishlashga yuborishini vaʼda qilgan. Tezkor tadbir davomida qonunbuzar fuqaro ushbu xizmati evaziga 65 million soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring