Tailandda alkogol sotib oluvchilar uchun hushyorlikni tekshirish testlari joriy etildi
Tailandda alkogol mahsulotlari sotuvchilari uchun xaridorlarning mastlik holatini tekshirish boʻyicha yangi qoidalar mustahkamlab qoʻyildi. Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligining bu boradagi bildirishnomasi Royal Government Gazette nashrida eʼlon qilindi va allaqachon kuchga kirdi.
Hukumat mastlik holatini aniqlashning aniq mezonlarini belgiladi va tekshirish uchun bazaviy testlarni tasdiqladi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:
Koʻzlarni yumgan holda qoʻl bilan burun uchiga tegish;
Toʻgʻri chiziq boʻylab yurib, kerakli nuqtada orqaga qayrilish;
Bir oyoqda 30 soniya davomida ovoz chiqarib sanagan holda muvozanat saqlab turish.
Shuningdek, spirtli ichimlik hidi, muvozanatning buzilishi (chayqalib yurish), nutqdagi nuqsonlar, koʻzlarning qizarishi, kayfiyatning keskin oʻzgarishi va agressiv xatti-harakatlar ham mastlik belgilari sifatida qayd etildi.
Alkogol sotish qoidalarini buzganlik uchun doʻkonlar va koʻngilochar maskanlarga nisbatan jarimalar koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring