Andijonda yoʻlning qatnov qismi oʻpirilib tushdi

16:53 30 Mart 2026 Jamiyat
243 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida avtomobil yoʻlining qatnov qismi oʻpirilib tushib, katta oʻra hosil boʻlgani tasvirlangan video tarqaldi. “Andijon suv taʼminoti” mazkur hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bugun, 30-mart kuni Andijon shahridagi Farobiy nomli MFYda markaziy oqova suv tarmogʻida nosozlik yuzaga kelganligi haqida murojaat eʼlon qilingan.

Shunga koʻra, hozirda “Andijon suv taʼminoti” AJ tomonidan holatni oʻrganish va oqova suv tarmogʻi bilan bogʻliq muammoni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?