Oʻzbekistonda “Yosh ekolog” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 25-mart kuni Prezidentning “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–110-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026-yildan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan yashil kampus loyihalari ishlab chiqiladi va Ekologiya qoʻmitasi bilan kelishiladi.
2026-yil 1-maydan “10 ming qadam piyoda” tajribasi qayta tiklanadi hamda “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, 2026-yil 1-maydan boshlab quyidagi darajalarda “Yosh ekolog” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi:
• maktab oʻquvchilari oʻrtasida III darajali “Yosh ekolog”;
• texnikum oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida II darajali “Yosh ekolog”;
• xalqaro va mahalliy miqyosda yuqori natijalarga erishgan yoshlar oʻrtasida I darajali “Yosh ekolog”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring