Namanganda 53 yoshli oʻqituvchi 6-sinf qizni zoʻrladi
Illyustrativ foto
Avvalroq Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida maktab oʻquvchisiga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 28-mart kuni Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro H.D. tuman IIB ga murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi O.O. (2013-yilda tugʻilgan qiz bola) tumandagi umumtaʼlim maktabi 6-sinfda oʻqishi, mazkur maktabning oʻqituvchisi T.Sh (1973-yilda tugʻilgan erkak) uning farzandiga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etgani bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqoʻrgʻon tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi T.Sh. protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi chorasi qoʻllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Bolalar ombudsmani oʻz vakolati doirasida bolaga qarshi sodir etilgan jinoyat ishi yurituvi hamda jabrlanuvchi-bolaning protsessual huquqlari taʼminlanishi yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan qoʻshimcha tarzda maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring