Tramp Eron AQSHning koʻplab talablarini bajarishga tayyorligini maʼlum qildi

11:30 30 Mart 2026 Dunyo
278 0

Amerika yetakchisi Donald Tramp Eron rahbariyati AQSH talablarining katta qismini bajarishga tayyorligini bildirayotganini aytdi. Uning soʻzlarini TASS keltirmoqda.

Respublikachidan AQSH Eronga nizoni tugatish boʻyicha 15 banddan iborat reja yuborganmi-yoʻqmi, deb soʻrashdi.

— Ular aksariyat bandlar boʻyicha bizga yon bosishdi. Nima uchun ular buni qilmasligi kerak? Ular bizning rejamizga rozi boʻlishmoqda. Men shuni nazarda tutyapmanki, biz ulardan 15 ta narsani soʻragandik, — deb javob berdi AQSH Prezidenti jurnalistlarga.

Amerika yetakchisining taʼkidlashicha, Tehron ushbu talablarning asosiy qismini bajarishga rozi.

— Menimcha, Eron bilan kelishuv tuziladi. Bu yaqin orada yuz berishi mumkin. Biz ular bilan bitim imzolaymiz deb oʻylayman va bunga toʻliq ishonaman. Lekin bu amalga oshmasligi ham mumkin, — deya qoʻshimcha qildi u.

Shuningdek, Amerika yetakchisi Eronda amalda hokimiyat almashganiga (rejim oʻzgarganiga) ishonch bildirdi.

— Men buni rejim oʻzgarishi deb hisoblagan boʻlardim. Va rostini aytsam, ular oʻzlarini juda oqilona tutishmoqda, — dedi u Eron vakillari haqida gapirar ekan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?