Xorazm, Fargʻona va Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari savdosiga chek qoʻyildi
Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida joylarda giyohvandlik vositalari hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Xususan, Xorazm viloyatining Urganch shahrida yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan shaxs ushlanib, uning yonidan 5 gr “opiy” moddasi topilgan boʻlsa, u ijaraga olgan xonadondan esa 887 gr “opiy” va 71 gr “geroin” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Aniqlanishicha, u qoʻshni davlatdagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan ajal ogʻusini kelgusida sotib, moʻmay daromad topishni rejalashtirgan.

Fargʻona viloyatida kuzatilgan holatda esa Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi, 1991-yilda tugʻilgan fuqaroning yashash xonadonidan muqaddam Qirgʻizistondan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan, umumiy bahosi 140 mln soʻmni tashkil qiluvchi, 2800 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olingan.

Shuningdek, Toshkent tumanida yashovchi, 1996-yilda tugʻilgan shaxs va uning tanishi boʻlgan, 1994-yilda tugʻilgan Qozogʻiston fuqarosi oʻzaro kelishgan holda, muqaddam Qozogʻistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 300 ml “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini xaridorga 300 AQSH dollari va 600 ming soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, ularning yonidan bir necha dona “Pregabalin” kapsulalari va “Tropikamid” suyuqligi boʻlgan flakonlar ham ashyoviy dalil sifatida olingan.
Maʼlum boʻlishicha, narkosavdogarlar mamlakatimizga kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni turli nomdagi dori vositalari idishlariga joylashtirgan holda olib kelishgan.
Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring