Sof quyma oltin va kumush savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi
Namangan viloyati va Toshkent shaharida sof quyma oltin va kumush savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Davlatobod tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda qonunga xilof ravishda quyma oltin savdosi bilan shugʻullanib kelgan M.N. va M.M. 1 dona boʻlakdagi sof quyma oltin boʻlagini fuqaro G.R.ga 8 500 AQSH dollari va 420 ming soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, ashyoviy dalil sifatida olingan moddaning ogʻirligi sariq rangli metall qotishmani vazni 88,97 grammni tashkil etib, tarkibida 99,5 foiz sof oltin mavjudligi qayd etilgan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqarolar S.M., F.M. va boshqalar jami 11 dona boʻlakdagi umumiy ogʻirligi 11,5 kg. boʻlgan kumushni fuqaro M.S.ga 35 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring