Pentagon Eronda quruqlik operatsiyasi oʻtkazishga tayyorlanmoqda — BILD
AQSHda Eronning Xarg oroliga maxsus kuchlar hamda anʼanaviy armiya boʻlinmalarini joylashtirish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Bildirilishicha, mazkur operatsiya doirasida qoʻshinlarni Hoʻrmuz boʻgʻozi yaqinidagi qirgʻoq hududlariga ham joylashtirish ehtimoli mavjud. Maʼlumot uchun, Xarg oroli Fors koʻrfazining shimoliy qismida, qirgʻoqdan taxminan 30 kilometr, Hoʻrmuz boʻgʻozidan esa 500 kilometr atrofida uzoqlikda joylashgan. Ushbu orol Eronning asosiy neft terminallaridan biri hisoblanadi.
“The Washington Post” nashrining AQSH rasmiysiga tayanib xabar berishicha, prezident Donald Tramp hozircha quruqlik kuchlaridan foydalanishga ruxsat bermagan. Biroq operatsiyani rejalashtirish jarayoni faol davom etmoqda.
Ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga koʻra, AQSHda Fors koʻrfaziga qoʻshimcha 10 ming nafargacha harbiy xizmatchini yuborish imkoniyati ham koʻrib chiqilmoqda. Kyoln universiteti siyosatshunoslik professori Tomas Yegerning fikricha, AQSH allaqachon Eronning ayrim hududlarini nazoratga olish uchun quruqlikdagi kuchlardan foydalanish rejasini koʻrib chiqqan boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring